Biz Haqimizda

teeztop.uz haqida umumiy ma’lumot

teeztop.uz saytida e’lonlaringizni joylashtirib sotuvga qo‘yishingiz, qidirayotgan mahsulotingizga oid e’lonlarni ko‘rib chiqishingiz, o‘zingiz joylashgan hududdagi 2-qo‘l mahsulot narxlarini solishtirishingiz va xavfsiz tarzda oldi-sotdi qilishingiz mumkin.
teeztop.uz onlayn orqali e’lon joylashtirishni osonlashtiradi va e’lonlaringizni o‘ziga tegishli bo‘lgan ko‘plab hamkor saytlarida ham namoyish qiladi.


teeztop.uz haqida batafsil:

teeztop.uz saytida avtomobildan tortib uy-joy e’lonlariga, sotiladigan ish mashinalaridan tortib biznes markazlari, kompyuter texnologiyalari va boshqa ko‘plab toifalardagi e’lonlarni ko‘rib chiqishingiz, sotib olish uchun e’lon egasi bilan tezda bog‘lanishingiz mumkin.

teeztop.uz orqali siz qidirayotgan barcha sotiladigan uy-joy, ish o‘rni, avtomobil e’lonlari, shuningdek yangilangan transport narxlari, yangiliklar va kampaniyalarni yaqindan kuzatib borasiz va biron bir yangilikni o‘tkazib yubormaysiz.

teeztop.uz arzon narxli qo‘shimcha xizmatlari va ishonchli tizimi bilan doimiy ravishda rivojlanish va kengayishni maqsad qiladi.


Bizning maqsadimiz va yo‘lga chiqish tariximiz

2018-yilda onlayn bozor maydoniga qiymat qo‘shish, qidirgan mahsulotiga o‘tirgan joyidan tezda yetib borishni istagan internet foydalanuvchilarining e’lon va onlayn savdo ehtiyojlarini keng mahsulot turlari va yuqori xizmat sifati bilan ta’minlash maqsadida yo‘lga chiqdik.

Bugungi kunda tijorat bozorida korporativlashuv – o‘sish va o‘z o‘rnini mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Korporativ tarzda faoliyat yurituvchi kompaniyalar mijozga ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi va xizmat sifatini yanada oshiradi. Shu bois biz ham maqsadlarimizni yanada kengaytirib, faoliyatimizni korporativ kimligimiz bilan sizlarga taqdim etmoqdamiz.


teeztop.uz faoliyat yo‘nalishlari

teeztop.uz – texnologiyaning rivojlanishi bilan uzoqqa chiqmasdan turib, kompyuter orqali mahsulot yoki xizmat sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarga quyidagi toifalarda xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy e’lon va onlayn savdo platformasidir:

  • Uy-joy

  • Avto

  • Kompyuter

  • Uyali telefon

  • Elektronika

  • Antika buyumlar

  • Kiyim-kechak

  • Mebel

  • Xodim izlayotganlar va ish izlayotganlar

  • Xizmatlar

  • Turli boshqa kategoriyalar

teeztop.uz orqali siz orzuingizdagi mahsulot yoki xizmatga eng maqbul narxlarda ega bo‘lishingiz, o‘zingizga tegishli mahsulot yoki xizmatni esa eng tezkor tarzda sotishingiz mumkinligiga ishonamiz.


O'ZBEKISTON eng ko‘p tashrif buyuriladigan e’lon va onlayn savdo sayti — teeztop.uz.

Bizni tanlagan barcha foydalanuvchilarga rahmat!