Reklama Joylashtirish Bo'yicha Maslahatlar

To‘g‘ri Kategoriyani Belgilash

E’lon joylash jarayonidagi birinchi qadam — e’lonning to‘g‘ri kategoriyasini tanlashdir. Faqatgina asosiy bo‘limni emas, balki uning ostidagi quyi kategoriyani ham to‘g‘ri tanlash muhimdir. E’loningizni mos bo‘lgan asosiy va quyi kategoriyalarga joylashtirish, xaridorlarning sizni topish imkoniyatini oshiradi.


Samarali E’lon Sarlavhasi

E’lonning eng kuchli vositalaridan biri — sarlavhadir. E’lon sarlavhasi xaridorlarning eloningizga oson kirishi va mahsulot haqida ularda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan shubhalarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Unutmang: xaridorlar birinchi navbatda e’lon sarlavhasini o‘qiydilar.

Sarlavhaga mahsulotingizni ifodalovchi nom, brend, model kabi ma’lumotlarni qisqa, aniq va tushunarli shaklda yozing. Mahsulot nomiga ba’zi sifat yoki ta’riflar qo‘shish mumkin, ammo noto‘g‘ri yoki ortiqcha ta’riflar xaridorning ishonchini susaytirishi mumkin.

Masalan: “2017 Mercedes E300 Coupe” yaxshi e’lon sarlavhasidir. Ammo “Mercedes, oz ishlatilgan toza mashina” kabi sarlavha mahsulotni aniq ifodalamaydi va jiddiy xaridorlarni jalb etishda yetarli bo‘lmaydi.

Sarlavha qanchalik to‘g‘ri va tushunarli bo‘lsa, eloningizni topish shunchalik osonlashadi. Google, Yahoo kabi qidiruv tizimlari qidiruv paytida avvalo e’lon sarlavhalarini skanerlashadi.


E’londagi Fotosurat va Uning Ta’siri

Qanday mahsulot bo‘lishidan qat’i nazar, vizual taassurot juda muhim! E’lon detal sahifasiga kirgan xaridorning birinchi e’tiborini tortadigan narsa — foto.

Shu sababli mahsulotga oid yuqori sifatli, turli burchaklardan olingan, asl va aynan mahsulotga tegishli suratlar qo‘yish xaridorni jalb etish uchun muhim omildir. E’tibor bilan joylashtirilgan fotosuratlar savdoning amalga oshish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.


E’lon Kriteriyalarini To‘g‘ri Tanlash

E’loni tayyorlash jarayonida kriteriyalarni to‘g‘ri kiritish, “Batafsil qidiruv” funksiyasidan foydalanadigan xaridorlarni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradi. Noto‘g‘ri ma’lumot kiritish xaridorni chalg‘itadi va “Noto‘g‘ri E’lon” xabari yuborilishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish juda muhim.


Yetarli E’lon Tavsifi

E’lon kriteriyalarida bo‘lmagan, ammo mahsulot haqida muhim deb hisoblagan barcha ma’lumotlarni “Tavsif” qismiga yozishingiz mumkin. Tavsif bo‘limida mahsulotga oid barcha ma’lumotlarni aniq, tushunarli va to‘liq bayon qiling.

Mahsulotda nuqson, shikast, yoriq yoki boshqa defektlar bo‘lsa, ularni yashirmang — bularni rost va ochiq aytish sizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Tavsif qancha batafsil bo‘lsa, xaridorning savollari shuncha kam bo‘ladi.

Matnni ketma-ket bir xil ko‘rinishda yozishdan ko‘ra, matnni formatlash vositalaridan foydalaning (masalan: rang, sarlavha kattaligi, bold). Bu e’londagi muhim joylarni ajratib ko‘rsatishda juda samaralidir.


To‘g‘ri Narx Belgilash

Mahsulotingiz uchun istagan narxni belgilashingiz mumkin — bu erkin savdo tamoyillariga to‘liq mos keladi. Sotuvchi xohlagan narxni qo‘yishga, xaridor esa o‘z budjetiga mos variantni tanlashga haqli.

Ammo noto‘g‘ri narx belgilash savdo jarayonini qiyinlashtirishi mumkin. Narx belgilashda o‘xshash mahsulotlarning narxlarini solishtirish tavsiya etiladi. Bu sizga mahsulotingizning real bozor qiymati haqida aniq tasavvur beradi.

Narx belgilashda quyidagilarni inobatga oling:

  • mahsulotdagi nuqsonlar,

  • eskirish darajasi,

  • boshqa mahsulotlarda bo‘lmagan qo‘shimcha afzalliklar.

To‘g‘ri narx = Tezkor natija